MUZEY TARBIYA MASKANI

Yoshlarning ma‘naviy-axloqiy tarbiyasida muzeylarning orni, ahamiyati beqiyosdir. Muzeylar yosh avlodni tariximiz, moddiy va madaniy merosimizni naqadar chuqur ildizga egaligini singdirgan holda, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat tuygulari bilan tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Shu maqsadni ko'zlagan "Gidromelioratsiya" fakulteti Suv xo'jaligi va melioratsiya yo'nalishi 2-kurs 202-guruh talabalari guruh murabbiysi dotsent Mamataliyev A.B. rahbarligida O'zbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.

O'zbekiston tarixi davlat muzeyi mintaqamizdagi eng yirik ma‘naviyat va ma'rifat maskanlaridan biri hisoblanadi. Uning zaxirasida 300 mingdan ortiq bebaho osori atiqalar, arxeologiya, numizmatika, etnografiya, tasviriy san'at, hujjatlar, fotonegativlar mavjud bo'lib, ular zamonaviy shart-sharoitda saqlanmoqda. Bularning barchasi tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirishi tabiiy. Bu tashrif ham talabalarimizda tariximiz va milliy qadriyatlarimizga nisbatan yuksak hurmat-ehtirom tuyg‘ularini uyg‘otgan bo’lsa ajabmas.

Dotsent Adham Mamataliyev axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov