Yuqori pogʻonaga qadam

Yangi dovonlarni zabt etish insonning irodasi, intilishi, izlanuvchanligi, eng muhimi, gʻayrat va shijoatiga bogʻliq. Shundagina pogʻonama pogʻona oʻrlash, yuksak martabalar nasib etadi kishiga. “Magistratura” boʻlimining 1-bosqich magistranti Hilola Amanqulova haqida xuddi shu fikrlarni aytish mumkin. U Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga quyilgan nomzodlardan biri edi. Tumandan shahar bosqichiga oʻtdi. Undagi gʻayrat va intilish endilikda Respublika boqichiga chiqib barchamizning quvonchimizga sabab boʻlganini eʼtirof etish gʻoyat maroqlidir. Tanlovda birinchi oʻrinni egallab Respublika koʻrik tanloviga dadil qadam tashlagan Hilolaga ushbu yuqori pogʻonada ham omad va muvaffaqiyat nasib boʻlishini tilab qolamiz.

Institut xotin-qizlar qoʻmitasining raisi Z.Xafizova axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov