Shifokorlar maslahati

Joriy yilning 29-yanvar kuni 4-sonli talabalar turar  joyining ma`naviyat xonasida talabalar bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Tibbiy bo`lim”i shifokorlari t.f.n. Xaliyeva Lilya, bosh shifokor B. Ernazarov, bo`lim hamshirasi X. Hayitovalar bilan hamkorlikda yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini  O. Habibullayev,  tarbiyachi-pedagog A. Haitova, talabalar kengashi sardori U. Qobilovlar bilan hamkorlikda  “Korona virus”  haqida davra suhbati o`tkazildi. Davra suhbatida virusni yuqish yo`llari, klinik belgilari, oldini olish choralari bo`yicha ma`ruza o`qildi. Talabalar o`zini qiziqtirgan savollarni  berib, qoniqarli javob olishdi. Tibbiy bo`lim shifokorlariga o`z vaqtlarini ayamasdan tashrif buyurganlari uchun institut rahbariyati va talabalar nomidan minnatdorchilik bildirildi.  

4-TTJ tarbiyachi pedagogi A.Xaitova axboroti

Institut Matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov