Prezident Murojatnomasi xayotimiz yo‘l xaritasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojatnomasi 2-TTJ da talabalarga o‘rgatilmoqda. Joriy yilning 30 yanvar kuni Yer resurslarini boshqarish fakulteti 1-talabalar turar joyida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini A.Botirov, “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi dotsenti A.Denmuhammadiyev va assistentlar A.Mustafoqulov, A.Pardaev va Q.Chutboevlar talaba yoshlarga prezident murojaati bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordi. Talabalarga Prezidentimizning oliy majlisga murojatnomasi yuzasidan davra suhbati o‘tkazishdi. Talabalar murojatnomani asosiy jixatlarini o‘zlarining hayot yo‘llariga yo‘l xarita qilish istagini bildirishdi.

“Qishloq va suv xo‘jaligini energiya ta’minoti" fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Botirov axboroti