Hayot shiddatli ravishda rivojlanayotgan bir vaqtda raqamli iqtisodiyot, IT texnologiyalar ayniqsa boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlaridan keng foydalanish kabi sohalar bugungi kunda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Ayniqsa soha bo‘yicha ilm-fanni rivojlantirishda raqamli texnologiyalarni joriy etish eng ustuvor vazifalardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ushbu ustuvor vaziflardan kelib chiqqan xolda 2021 yil 29 yanvar soat 11-00 da TIQXMMIning EkoGAT markazi huzurida tashkil etilgan “Tabiiy resurslarni barqaror boshqarishda raqamli texnologiyalar klasteri” imkoniyatidan foydalanish bo‘yicha moderator prof.A.Pulatov tomonidan o‘tkazilgan ceminar-treningda institutdagi kafedra mudirlari xamda professor o‘qituvchilar qatnashishdi.
Ceminar-trening qiziqarli xamda savol-javobga boy ruxda o‘tdi. Kelgusida klasterdan foydalangan xolda soha faoliyati rivojlantirish xamda magistr, doktorant xamda IT mutaxassislarini o‘qitish bo‘yicha kelishib olindi. Shu bilan bir qatorda seminar-treningda klaster faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda kelgusidagi rejalari haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.