Mustaqil Vatanimizda olayotgan har nafasimizda shu yurt hurligi uchun o‘z umrini baxshida etgan insonlarni xotirlamaslikning iloji yo‘q. Albatta, bu xususida so‘z borar ekan, ko‘z oldimizda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov siymosi gavdalanadi. Ayni kunlarda Oqsaroy qarorgohi oldida qad rostlagan Birinchi Prezidentimiz haykali har doimgidanda ko‘proq odamlar bilan gavjum, gullarga burkangan. Erta tongdan guruh murabbiysi Sanobar Do‘stnazarova boshchiligida yo‘lga chiqqan "Gidromelioratsiya" fakulteti 307-guruh talabalarining ham ko‘zlagan manzillari ayni shu tomon bo‘ldi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov haykali qarshisiga kelgan talabalarning ko‘zlarida sog‘inch, dillarida esa shunday buyuk zot barpo etgan mamlakatning ertangi kuni, hal qiluvchi tayanchi ekanliklaridan faxr va iftixor tuyg‘usi mujassam edi. Islom Karimov xotirasiga bajo keltirilgan hurmatdan so‘ng talabalar ko‘rgazmalar zaliga, Islom Karimov xotira muzeyiga tashrif buyurishdi. Muzeyda tarixning oltin tasmalariga muhrlangan lavhalarning barchasida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning yuzlarida tabassum, xalqiga muhabbat, ertangi kunga bo‘lgan ishonchni ko‘rish mumkin edi.
Oqsaroy qarorgohidan chiqqan talabalar O‘zbekiston davlat amaliy san’at muzeyi tomon yo‘l oldilar. Ushbu muzeyda ham Birinchi Prezidentimiz xotirasi va tavalludining 83 yilligi munosabati bilan ko‘rgazma tashkil etilgan edi. Korgazma eksponantlari bilan tanishish asnosida talabalar o‘zlari uchun Birinchi Prezidentimizning yangi qirralarini kashf etdilar. Bu yerdagi har bir asar tarixga daxldor. Shu bois, bu korgazma xalqimiz tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinishiga ishonchimiz komil.
TIQXMMI matbuot xizmati