Institut ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Germaniyaning ASIIN Xalqaro ta’lim akkreditatsiya agentligi bosh mutaxassisi Irina Efimova bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda institutning barcha kafedra mudirlari va fakultet dekanlari ishtirok etishdi. Uchrashuvda ASIIN Xalqaro ta’lim akkreditatsiya agentligi haqidagi qisqacha ma’lumotdan so‘ng, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish shart-sharoitlari haqida batafsil taqdimot qilindi. Shuningdek, inklyuziv (imkoniyati cheklangan insonlar) ta’lim tizimi haqida ham ma’lumot berildi. Uchrashuv ishtirokchilari savollariga to‘liq javob olindi.

 Ma’lumot uchun: Muhandislik,  informatika,  tabiiy fanlar va matematika bo‘yicha ta’lim dasturlarini akkreditatsiya qilish agentligi (ASIIN) 1999 yil iyul oyida tashkil etilgan notijorat birlashmasi hisoblanadi.  ASIIN tashkil etilganidan beri Germaniya va xorijiy universitetlarga dasturiy va institutsional akkreditatsiya tartib-qoidalarini amalga oshirishda ekspert yordamini ko‘rsatib kelmoqda.  Milliy va xalqaro miqyosda ASIIN muhandislik,  tabiiy fanlar,  matematika,  informatika,  shuningdek tibbiyot va iqtisodiyot sohalarida ta’lim dasturlarini akkreditatsiya qilish jarayonida etakchi sifatida tan olingan.

 

TIQXMMI matbuot xizmati