Mukofot, unvon inson faoliyatiga munosabat va murojaat demakdir. Davlatimiz mustaqilligining 30 yilligi oldidan bir guruh ziyolilarning turli orden va medallar bilan taqdirlanishi kasbiga fidoyi bo‘lgpn o‘z sohasining zahmatkashlariga hurmat-ehtiromning belgisidir. Bunda davlatimizning inson qadriga va qadriyatga e’tibori, odamlarning dardu tashvishlari bilan yashash va tinimsiz ishlash, o‘zni qiynash degan davlatimiz rahbarining da’vatlariga hamohanglik bor. Bunday omad va muvaffaqiyat hammaga ham nasib etavermaydi... Biz barcha unvon va mukofot sohiblarini samimiy qutlaymiz, ularni yangi ishlarga, zafarlarga undovchi, ruhlantiruvchi bunday yutuqlar bardavom bo‘lishini tilab qolamiz. Bayram birdamlik va bardamlikning belgisi. Ayniqsa, ular orasida Xalq demokratik partiyasining Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, institutimiz prorektori, pedagogika fanlari doktori Ro‘zimurat Chorievning ham borligi barchamizni xushnud etadi, g‘ururlantiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 maydagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” nishoni bilan taqdirlanishi jamoamizga olam-olam quvonch baxsh etdi. Ko‘krak nishon qutlug‘ bo‘lsin! Ulug‘ va qutlug‘ bayram barchamizga muborak bo‘lsin.
TIQXMMI matbuot xizmati