TIQXMMI Buxoro filiali kafedralarining o’quv-uslubiy ta’minoti tanloviga start berildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3702 son qarorida belgilangan vazifalar, 2021-2022 yangi o'quv yiliga yuqori saviyada tayyorgarlik ko'rish, o'quv jarayonida darsliklar, o'quv qo'llanmalar, ma'ruza matnlari, amaliy, laboratoriya mashg'ulotlari o'tish uchun o'quv-uslubiy ta'minot bazasini yanada yaxshilash hamda Professor O'.P.Umurzakov tavalludining 69 yilligini keng nishonlash maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filialida 24-30 avgust kunlari “Kafedralarning o’quv-uslubiy ta’minoti”  tanlovi o’tkaziladi.

 

Tanlovda yuqori o’rinni egallagan kafedralar quyidagi tartibda pul mablag’lari bilan taqdirlanadi.

1-o’rin – 3 000 000 (uch million) so’m;

2-o’rin – 2 000 000 (ikki million) so’m;

3-o’rin – 1 000 000 (bir million) so’m;

Filialda g’olib bo’lgan kafedralarni rag’batlantirish oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi. Mazkur havola orqali batafsil nizom bilan tanishishingiz mumkin!

TIQXMMI Buxoro filiali Matbuot xizmati