Yoshlarni maʼrifatli qilish ularni ilmga qiziqtirish va ergashtira olishga bogʻliq. Bu xayrli va maʼrifiy maqsad pedagogga, chinakam olimga kuch beradi. Chunki, taraqqiyot tafakkuri va ongu shuuri yuksak boʻlgan avlodga bogʻliq. Bu esa barkamollik belgisi hamdir.
Institut rektori tomonidan 2018 yil 24 oktyabrda tasdiqlangan “TIQXMMI va Toshkent shahar Shayxontohur tumani 324-maktab hamkorligidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish maqsadida “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi oʻqituvchilari tomonidan 24.11.2018 yil kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 324-maktab 8“d” sinf oʻquvchilariga “Ilmdan boshqa najot yoʻq” mavzusidagi davra suhbati oʻtkazildi.
Oʻquvchilarga “Temperaturani oʻlchash, avtomatik nazorat qilish va rostlash” boʻyicha kafedra dotsenti A. Gapparov va A. Botirovlar tomonidan mikroelektron qurilmalari namoyish qilindi. Bu esa maktab oʻquvchilarida katta qiziqish uygʻotdi. Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga toʻliq javob olishdi va bizning institutga ekskursiya uyushtirish istagi bilan chiqishdi. Tadbirda maktab direktori Poʻlatova Baxtiniso Xolmuratovna va “M M” ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Abdumannopova Muhabbat Bultakovnalar ham ishtirok etishdi.
“Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti Maʼnaviyat-maʼrifat ishlari boʻyicha dekan muovini Sh.O.Berdiyev axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov