Millat tanlamas illat

29 noyabr kuni TIQXMMI Qarshi filialida 1 dekabr “Butun Jahon OITSga qarshi kurashish” kuni munosabati bilan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassisi Z.Nikboeva tashrif buyurdi. OIV kasalligi OITSni oldini olish va uning salbiy oqibatlari to‘g‘risida talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Tadbir so‘ngida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish hamda giyohvandlik haqida film namoyish etildi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Ro‘ziqulov axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov