Ustoz va shogird an’analari

Joriy yilning 2019-yil 29-noyabr kuni soat 17-20 da 4-sonli TTJ da “Ekоlogiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi professor o’qituvchilari tomonidan “Ustoz va shogird an’analari” deb nomlangan  davra suhbati bo’lib o’tdi. Bu davra suhbatida dots. A. Karimov talabalarga buyuk ustozlar bosib o’tgan yo’llar haqida mufassal ma’lumotlar berib o’tdi. Ayni paytda talabalarga o’z sohasini sevishi unga mehr qo’yishi, o’z mutaxassisligini chuqur egallashi, shu jumladan til bilish muhim ekanligi haqida uqtirdi. Davra suhbatida talaba yoshlarga ovqatlanish tartibi, uxlash hamda sport bilan muntazam ravishda shug'ullanib borish  lozimligini aytishdi. Tadbirda 4-kurs talabasi Sh. Qoraxonov tomchilab sugorish texnologiyasi haqida savol berdi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga qoniqarli javob olishdi. Ushbu tadbirda kafedra professor o’qituvchilari S. Mamatov, A. Alimjonov, J. Mirzakobulov, A. Hamidov, B. Nasibov, R. Razzoqovlar ishtirok etishdi. Tadbir juda ko’tarinki ruhda tashkil etildi. Talabalarimiz kafedra professor o’qituvchilariga o`z minnatdorchiligini bildirishdi. 

4-TTJ tarbiyachi pedagogi A.Xaitova axboroti

Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov