Joriy yilning 28-29-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent Madaniyat va san’at ko‘rgazma direksiyasi, Yoshlar ijodiyot saroyi va “Hunarmand” uyushmasi Rishton tuman bo‘limi hamkorlikda Yoshlar ijod saroyida “Rishton-rangli jilosi” nomli kulolchilik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur ko‘rgazmada “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining talaba-yoshlari guruh murabbiylari bilan birgalikda ishtirok etishdi. Ko‘rgazmada Rishtonlik 22 nafar yosh kulollar tomonidan Rishtonning zamonaviy kulolchilik mahsulotlari namoyish etildi. Rishtonlik kulollarni o‘z qo‘llari bilan yaratgan san’at asar barcha yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Darhaqiqat, bugun yurtimizda har bir sohada samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu ko‘rgazma ham yosh kulolchilarimiz uchun qo‘yilgan ilk qadam, yanada kulolchilik san’at asarlarini nafaqat yurtimizda butun dunyo bo‘ylab namoyish etishlariga tilak bildiramiz. Ushbu ko‘rgazmadan fakultetimiz talaba-yoshlar juda yaxshi taassurotlar bilan qaytishdi.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov