O‘zini o‘zi boshqarish mexanizmi o‘z samarasini bermoqda

Joriy yilning 29-noyabr “Ozodalik” kunida 2-Talabalar turar joyida Talabalar kengashi tomonidan o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Yoshlar ittifoqi yetakchisi, har-bir qavat boshliqlari, xona boshliqlari va “Qishloq va suv xo‘jaligini energiya ta’minoti” fakulteti dekani A.J.Isaqov va Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini A. Botirovlar ishtirok etishdi. Talabalar kengashi raisi tomonidan o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmi o‘z samarasini berayotganligi gapirib o‘tildi. Fakultet dekani A. J. Isaqov tomonidan “Ozodalik” kuni bo‘yicha ba’zi kamchiliklar aniqlandi va tegishli ko‘rsatmalar berildi. O‘zini o‘zi boshqarish mexanizmi bo‘yicha takliflar berildi.

Institut matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov