2019 yilning 29-noyabrida Gidromelioratsiya fakultetining 401-gurux talabalari 2- juftlikda Xotira maydoniga sayoxat uyushtirishdi. Yoshlarni o‘z millati va millati uchun o‘z jonlarini fido qilgan vatandoshlarimizni qadrlash tuyg‘usini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan bunday sayoxat talabalarimiz ongida o‘chmas xotiraga aylanadi va ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Guruh raxbari D.Muqumova tashkilotchiligi asosida bu sayoxat yoshlarni ijtimoiylashuvi hamda o‘zaro uyushganlik hususiyatlarini shakllantirishini inobatga olgan holda tashkil etildi. Milliy qadriyatlarimizni eslash va ularga bo‘lgan hurmat ehtiromni yoshlar ongida gavdalantirish va ishonch bilan xotirlash maqsadida, har doim ham tarbiyaning ko‘rgazma-namuna usullaridan foydlanishimiz darkor.
Barchamiz millatimiz ongi va sifatlarini yoshlar ongiga singdirishimiz orqali ta’lim-tarbiyani olib borishimiz lozim. Xozirgi kunda yoshlarni tarbiyalashning eng maqbul yo‘li ularga shaxsiy namuna va ibrat bo‘la olishimizdir. Har bir talaba bizlardan mehr va muruvvat tuyg‘usini olishi lozim. Tarbiya mahsuldorligi aynan talabalarga bo‘lgan ishonch va muxabbatimiz bilan chambarchas bo‘lganda erishamiz.