Ziyorat zamirida qadriyat, anglash, his etish va faxru iftixor bor. Koʻngil mulkiga sayohat ziyoratlarning avlosi, ulugʻlarni yod etish katta ahamiyatga molik. Joriy yilning 29 noyabr kunida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining 1 - bosqich 2 - guruh talabalari guruh murabbiyi H. Eshova boshchiligida, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov memorial majmuasiga sayohat uyushtirildi.
Sayohat mobaynida talabalarimiz suratlardagi lavhalarni tomosha qilar ekanlar, suratlarni xuddi jonlidek tasvirlanganidan taʼsirlandilar va shu bilan birga monumentlarning har bir qismi eʼtibor bilan yasalganligidan xuddi ular bilan yonma-yon turgandek cheksiz xursand boʻldilar.
Talabalar muzeyni aylanar ekanlar, Prezidentimizning tadbirlardagi ishtiroklari, minbarda oʻtkazgan maʼruzalardan lavhalar va bir qancha keng taassurotlarga ega rasmlar bilan muzey xodimlari tomonidan qisqacha suhbat orqali tanishtirdilar. Talabalar muzeydan katta taassurotlar bilan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olgan holda qaytdilar.
YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan movini Hurriyat Eshova axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov