IELTS va CEFR sertifikatiga ega talabalarni iqtidorli yoshlar jamoasiga taklif qilamiz

   Biz turli fakultetlardan IELTS va CEFR xalqaro sertifikatlariga ega bo’lgan iqtidorli yoshlarni   Kasbiy Rivojlantirish Markazida tashkil etilayotgan Gifted Students kurslariga taklif etamiz. Sertifikatga ega nomzodlarimiz dekanatlarga sertifikatlarini taqdim qilishlari  yoki guzaleshchanova1979@gmail.com elektron manziliga yuborishlari mumkin. Kurs o‘z faoliyatini joriy yilning dekabr oyidan boshlaydi. Ushbu kursda talabalar xorijiy hamkor universitet talabalari bilan webinarlarda qatnashishslari, ilmiy konferensiyalarda maqolalari bilan ishtirok etishlari va xalqaro imtixonlrda yanada yuqori natijalarga erishilishiga yaqindan yordam beriladi. Mashg’ulotlarda shuningdek debat, viktorina, filmlar namoyishi va turli oily ta’lim muassasalari talabalari bilan xalqaro xorijiy tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Institutda o’tkazilishi rejalashtirilgan turli grant loyixalarda va xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish va xorijiy tilni doimiy rivojlantirib borilishiga aloxida ahamiyat beriladi. Mashgulotlar talabalarning darajalariga muvofiq auditoriya va onlayn dasturlari orqali olib boriladi. Mashg‘ulotlar tajribali o‘qituvchilar tomonidan Britaniya Kengashining zamonaviy axborot resurslari asosida tashkil etiladi. Ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan qatnashuvchilarga sertifikatlar beriladi.

 

 

O‘tkazilish joyi: Kasbiy Rivojlantirish Markazi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Professional rivojlanishda birinchi bo‘ling!

O‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘ting!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: "Ingliz tili" kafedrasi katta o‘qituvchisi

tel: +99894 6378246 Go‘zal Eshchanova