Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari kafedrasi dotsenti Norqobil Raxmatov bugun 30 noyabr 11.30 da Kanaldagi tindirgichlardan foydalanish mavzusida Ochiq maʼruza oʻtdi. Oʻqituvchi talabalarga mavzu boʻyicha quyidagi maʼlumotlarni berib oʻtdi: yirik fraksiyali choʻkindilarni choʻktiruvchi davriy yuvadigan gidroenergetik tindirgich, yirik fraksiyali choʻkindilarni choʻktiruvchi uzluksiz yuvadigan gidroenergetik tindirgich, mayda fraksiyali choʻkindilarni choʻktiruvchi davriy tozalanadigan irrigatsiya tindirgichi, koʻl tindirgichlari, D.Ya.Sokolov va I.K.Nikitin tindirgichlari haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi.
Dotsent maʼlumotlarni tushintirish bilan birgalikda kanalning chizmalari, kanal tozalash jarayonida olingan fotolar bilan ham tanishtirib oʻtib mavzuni boyitib bordi. Maʼruzada institut professor-oʻqituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.
Oʻquv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti