30 nafar talaba malakaviy amaliyotga yuborildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 30.10.1998 yildagi  305 – sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarini malakaviy amaliyoti haqida”gi Nizomi asosida talabalarini malakaviy amaliyotini tashkillashtirish maqsadida “TST claster” hamda “O‘zagroservis” AJ tizimidagi “Agroservis MTP” MChJlar bilan  malakaviy amaliyot o‘tkazish bo‘yicha ikki tomonlama shartnomalar tuzildi.

“O‘zagroservis” AJ tomonidan g‘allani nes – nobud qilmasdan yig‘ib olishni tashkillashtirish va jarayonni nazoratini olib borish uchun g‘alla yig‘ib oluvchi dominatorlarga “JPC” texnologiyalarini o‘rnatish ishlarida ishtirok etish uchun tuzilgan shartnomaga asosan joriy yilning 19 may kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetida tahsil olayotgan 30 nafar talabalar malakaviy amaliyotga yuborildi.

 

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Ma’naviy  – ma’rifiy  ishlar  buyicha dekan  o‘rinbosari I. Raximov  axboroti.

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov