2020 yil 30 yanvar kuni soat 11:00da Institut Ma’ruzalar zalida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun O‘zbekiston tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi, O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi bilan hamkorlikda “Yosh tadbirkor-elga madadkor” loyihasi doirasida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani R. Xakimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ma’rifiy uchrashuv ishtirokchilari Hakimov Ibroximjon Sirojiddinovich - O‘zbekiston tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi bosh menejeri, Maksumova Iroda Po‘latovna - Toshkent shahar Soliq boshqarmasi katta inspektori, Kumushev Sanjar Jasur o‘g‘li - “Innovatsion davr tadbirkori” oilaviy korxonasi direktori, Madaliev Xasan Xakimbaevich - O‘zSSP Toshkent shahar boshqarmasi mas’ul xodimi, Farxod Alimjanov- “Mikrokreditbank” ATB bo‘lim boshlig‘i.
Tadbirda Yoshlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ularning ishbilarmonlik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish, foydali mehnat faoliyatiga o‘rgatish, yosh tadbirkorlarning huquqiy, iqtisodiy, siyosiy bilim ko‘nikmalarini yanada oshirish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, biznes tashabbuslarini, g‘oyalarini amalga oshirishga ko‘maklashish yuzasidan, Xususiy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy asoslari, yaratilgan imtiyoz va afzalliklar, ulardan foydalanish yo‘l-yo‘riqlari, xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish va yaratilgan soliq imtiyozlari, xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyalashtirish manbalari va tartiblari, tadbirkorlik faoliyati yuzasidan amaliy ko‘nikmalar borasida ma’ruzalar qilindi. Uchrashuv qizg‘in savol-javoblar tarzida bo‘lib o‘tdi.
“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev axboroti
Institut matbuot xizmati Rahximboy Jumaniyozov