O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida bugungi kun yoshlariga qaratilayotgan e’tibor ularni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bir tan-u bir jon bo‘lib maqsad sari qadam tashlash kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Shu munosabat bilan “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti 2-Talabalar turar joyida talaba yoshlarga murojaatnoma ma’no va mazmunini to‘la yetkazish bo‘yicha davra suhbatini o‘tkazdi. O‘tkazilgan tadbirda Fakultet dekani A.J.Isakov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini A.Botirov, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedra mudiri R.T.Gazieva va shu kafedra professor o‘qituvchilari va talaba yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi. Tashkil etilgan suhbat qiziqarli, mazmunli, savol-javoblarga boy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
TJICHAB kafedrasi Yoshlar bilan ishlash bo'yicha kafedra yetakchisi A.Abdug'aniyev axboroti.
Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov