Yosh olimlar maktabi

Ilm-fan sohasini rivojlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Iqtidorli va is’tedodli talabalarni ilm bilan shug‘ullanishi mustaqil mamlakatimizning rivojlanishida va ilm salohiyatini mukammal egallashdan iboratdir. Ana shunday sharoitda mamlakatimizni zamonaviy innovatsiyalarni keng qo‘llash asosida rivojlantirishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Mamlakatimizda ilm-fan va ilmiy tadqiqotlar rivojlanishiga, ularning qo‘llab-quvvatlanishiga uzviy bog‘liq.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti  “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakultetida “Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi an’anaviy XX asr yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumanida talabalar, magistrlar va yosh olimlar o‘rtasida “Eng yaxshi ilmiy maqola” tanlovida qatnashganlar ishtirok etdi. Tadbirda fakultet dekani A.Isakov, ETvaQTEM kafedrasi mudiri D.Qodirov, ETvaEJF kafedrasi phd A.Turdiboev hamda talaba-yoshlar qatnashdilar. Talabalar o‘rtasida EE yo‘nalishi 4 kurs 09 guruh talabasi S.Parpiyeva, MEM yo‘nalishi 1 kurs 11 guruh talabasi G.Nurimbetova; magistrlar o‘rtasida Sh.Raxmonov; Yosh olimlar o‘rtasida TJIChAB kafedrasi assistenti A.Nig‘matov, TJIChAB yo‘nalishi 3 kurs 05 guruh talabasi B.Komiljonov  talaba-yoshlar va yosh olimlarimiz taqdirlandilar.

 

“Qishloq va suv xo‘jiligi

эnergiya ta’minoti ” fakultetining  Ёshlar

 bilan ishlash dekan o‘rinbosari O.Habibullaev axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati