Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik

Talaba – yoshlarni oʻquv jarayonlarida qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan yaqindan tanishish hamda bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash maqsadida mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorliklar kuchaytirilmoqda.

Joriy yilning 29 yanvar kuni Amerikaning “John Deere” kompaniyasining Oʻzbekistondagi “LANDTECH” MCHJ qoʻshma korxonasi rahbarlari va masʼul xodimlari institutimizga taklif qilindi. Ular bilan “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash” fakulteti professor – oʻqituvchilari hamda talaba – yoshlari oʻrtasida uchrashuv tashkillatirildi. Mehmon xodimlar talabalar bilan korxona faoliyati va unga ish bilan taʼminlash masalalari boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda “John Deere” kompaniyasining Oʻzbekistondagi masʼul vakili Nil Kensi va “LANDTECH” MCHJ qoʻshma korxonasi rahbari Botir Isroilovlar mehmon sifatida ishtirok etib, “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash” fakulteti professor – oʻqituvchilari hamda talaba – yoshlarini qiziqtirgan savollariga javob berib borishdi. Tadbir soʻngida institut rahbariyati va “LANDTECH” MCHJ qoʻshma korxonasi rahbarlari oʻrtasida hamkorlik memorandumi tuzilib imzolandi.

“Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Maʼnaviy – maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari I.Raximov

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov