Xitoy elchisi Szyan Yan rasmiy TIQXMMIga tashrif buyurdi. Dastavval, mehmon Innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar klasterida xitoylik TIQXMMI magistrantlari, talaba va til kurslarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazdi. Xitoylik o‘quvchilar o‘zlarini tanishtirgandan so‘ng elchi uchun o‘zbek va rus tillarida she’rlar aytib, qo‘shiqlar kuylashdi. Bundan ruhlangan Xitoy elchisi O‘zbekistonda til o‘rganish va ta’lim olishning bir necha ijobiy jihatlarini sanab o‘tdilar. Jumladan, til o‘zlashtirish bilan birgalikda ming(lab) yillik tarixga ega o‘zbek xalqining madaniyati, urf-odatlari va tarixini o‘rganish zaruriyatini ham his etdilar.
Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Salohiddinov institutning faoliyati xususida taqdimot o‘tkazdi. Szyan Yan institutning keng qamrovli ta’lim va ilmiy faoliyatini yuqori baholab, ijobiy taassurot bilan uchrashuvning navbatdagi raund (qismi)ga o‘tildi.
Uchrashuvning navbatdagi qismi videokonferensiya zalida davom etdi. Uchrashuvda institutning 5 nafar talabasi Xoxay universitetida ta’lim olayotgani, POWER CHINA bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik rishtalari va Xitoyning Nanking universitetida yo‘lga qo‘yilishi kutilayotgan qo‘shma magistratura dasturlari haqida ma’lumot berildi. Institut talabalari Xoxay universitetlarida iqtidorli talabalari qatorida ta’lim olayotgani va xitoylik korxonalar ishga olib qolish bo‘yicha takliflar bildirayotganini iftixor bilan ta’kidlandi.
Institut rektori U.Umurzakov TIQXMMIda O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib, smart (aqlli) universitet tashkil qilinayotgani haqida so‘z yuritishdi. Smart universitetning auditoriyalar ko‘rinishi, aqlli qurilmalar orqali talabalarni nazorat qilinishi va interaktiv doskalar orqali ta’lim berish imkoniyatlarini batafsil yoritib berdi. Bundan katta taasurot olgan xitoylik elchi HUAWEI bilan aloqalarni yanada kuchaytirishni va smart universitetini tashkil etishda ularni kengroq jalb qilishni tavsiya etdi. So‘ngra o‘zaro sovg‘alar almashildi va Szyan Yan institut faxriy mehmonlar kitobiga iliq fikrlarini yozib qoldirishdi.
Keyin esa TIQXMMI qoshidagi International House akademik litseyining smart auditoriyalarini borib ko‘rishdi. Xitoy elchisi Szyan Yan institutning keng qamrovli faoliyatidan katta taassurotga ega bo‘ldi, shuningdek, Xitoy bilan aloqalarni yanada kuchaytirishda faollikni qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidlab o‘tdi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov