Nagoya universiteti vakillari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan birgalikda O’zbekiston hamda Yaponiya davlati o’rtasida ta’lim tizimini yanada mustahkamlash maqsadida magistratura va doktorantura bosqichlari uchun qator ta’lim grantlari to’g’risida prezentatsiya ko’rinishida ma’lumot berishni rejalashtirgan.
Mazkur yig’ilish joriy yilning 5 noyabr soat 11.00 dan 13.20 gacha Toshkent biznes markazining 11 qavat “Sug’diyona” majlislar zalida bo’lib o’tadi. Unda Yaponiyaning qator nomdor OTMlari jumladan: Nagoya universiteti, Xalqaro Osiyo-Tinch okeani universiteti, Nagoya iqtisodiyot universiteti, Nanzan universiteti, Teykyo universiteti, Tokiya metropolitan universiteti, Tokiya qishloq xo’jaligi va texnologiya universiteti, Osiyo-Tinch okeani universiteti, Tsukuba hamda Vakayama universitetlari ishtirok etadi.
Shu munosabat bilan yig’ilishda ishtirok etishni istagan institutimiz bakalavriat, magistratura hamda yosh ilmiy izlanuvchilarini taklif etib qolamiz.