O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalarni ijrosi bo‘yicha Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti xalqaro (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reyting bazasida dunyoning e’tirof etilgan nufuzli birinchi 1000taligiga kirgan Oliy talim muasassalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Ushbu hamkorlik doirasida institut rektori professor O‘.P.Umurzakov tashabbusi bilan Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti “Yirik inshootlar va binolar qurilishi Oliy maktabi” professori, t.f.d., Sidorenko Gennadiy Ivanovich 2019 yil dekabrda “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi tarixida ilk bor sikllik ma’ruzalarni boshladi. Sidorenko Gennadiy Ivanovich “Gidroelektrostansiyalari qurilishi va foydalanish” magistratura mutaxasisligi va “Gidrotexnika qurilishi”, “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” va “Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish” bakalavriat talim yo‘nalishlari 4-kurs talabalariga “Gidroenergetika inshootlari” fanidan ma’ruza mashg‘ulotlari olib bormoqda. Bundan tashqari professor Sidorenko Gennadiy Ivanovich kafedra professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda SCOPUS reyting bazasiga kirgan nashrlarda ilmiy maqolalar, talim yo‘nalishi bo‘yicha darsliklar tayorlashda ishtirok etadi.
“SE va NSF” kafedrasi dotsenti S.Xidirov axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov