Prezident farmonining ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 11.07.2019 y. PF-5763-sonli qaroriga asosan, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro mustahkam integratsiyasini ta’minlash vazifasining ijrosi bo‘yicha “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasida 2019 yil 21 noyabrda Suv xo‘jaligi vazirligi “Nasos stansiyalari va energetika” boshqarmasi tomonidan respublikamizdagi rekonstruksiya qilinayotgan hamda loyihalanayotgan yirik nasos stansiyalari bo‘yicha mavjud muammolar yechimiga bag‘ishlangan “Nasos stansiyalari va ulardan foydalanish” mavzusidagi muammoli ma’ruza tashkil etildi. Muammoli ma’ruzani Suv xo‘jaligi vazirligi “Nasos stansiyalari va energetika” boshqarmasi boshlig‘i Shomayramov Muzaffar Abduqodirovich olib bordi. Interfaol usuliga asoslangan ma’ruzada GTI va NSF ta’lim yo‘nalishi 3 kurs 1,2,3,4 - guruh talabalari va “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

“SE va NSF” kafedrasi dotsenti S.Xidirov axboroti

Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov