Fan olimpiadasining I-bosqichi yakunlari

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev  o‘zining barcha uchrashuvlarida Respublikamizda har tomonlama bilimli va etuk  mutaxassislar tayyorlashga dolzarb masala deb qarashimiz kerakligini   aytib kelmoqdalar. Fan olimpiadalari ham bunday kadrlarni tayyorlashda o‘z o‘rniga ega. Shuni e’tiborga olib “Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasi o‘qituvchilari ham kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha fidokorlik bilan talabalarga bilim berib kelmoqda. Institutimiz talabalari har yili Respublikada o‘tkaziladigan olimpiadalarda qatnashib institutimiz nufuzining oshishiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda. Professor-o‘qituvchilar o‘zlari o‘qitgan talabalar ichidan ilmga intiluvchan talabalarni qo‘shimcha tayyorlashib, 2019 yil 28-29 mart kunlari “Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasida  “Qurilish mexanikasi”  fani bo‘yicha 1-bosqich olimpiada o‘tkazishdi. Unda “Gidrotexnika qurilishi”, “Gidromelioratsiya” fakultetlaridan jami 12 nafar talabalar ishtirok etishdi.          

Bu Olimpiada yuqori saviyada Respublika olimpiadasi “Nizom” talablari asosida o’tkazildi. Bu olimpiadada 4 ta tur natijasiga ko‘ra qu‘yidagi talabalar eng yuqori natijalarni ko‘rsatdi:

1. Tursunov Mirkamol Kimsanboy o‘g‘li - 328 ball natija bilan 1-o‘rinni egalladi (GTQ fakultetining 3 - kurs 302-guruh talabasi) rahbar katta o‘qituvchi B.Urinov.

2. Mo’minov Jahongir Dilshodovichi  - 265 ball natija bilan 2-o‘rinni egalladi (GTQ fakultetining 3- kurs 306-guruh talabasi) katta o‘qituvchi E.Toshmatov.

3. Qoraxonov Shaxriddin Abdulla o‘g‘li  192 ball natija bilan 3-o‘rinni egalladi (GM fakultetining 3 kurs talabasi) rahbar katta o‘qituvchi  B. Urinov.

 

Kafedra mudiri M.Mirsaidov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov