“Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakultetida 5111000-Kasb ta’limi (Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish) ta’lim yo‘nalishi 4 kurs 404 - guruh talabalariga “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi taklifiga ko‘ra Surxondaryo viloyati Xududiy elektr tarmoqlari korxonasining Kapital qurilish va ta’mirlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari Jo‘raev Xusan Xoldarovich “Elektr energetikasidagi muammolar va ularning yechimlari” mavzusi bo‘yicha Surxondaryo viloyati misolida muammoli ma’ruza o‘tib berdi.
X. Jo‘raev Surxondayo viloyatidagi elektr energiyasi iste’molchilari va elektr energetikasidagi uzilishlar haqida aytib o‘tdi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda elektr energiyasiga bo‘lgan talab tobora ko‘payayotganligi va elektr energiyasidagi uzilishlar barchamizga ma’lum. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasini uzluksiz ta’minlash maqsadida qo‘shni Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston davlatlaridan elektr energiyasini sotib olayotganligi barchamizga sir emas. Bu iste’molchilarni zamonaviy elektr uskunalariga o‘tkazishimiz kerakligi hamda Prezidentimizning qarori bilan kichik GESlar va Atom elektr stansiyasi qurilayotganligi ta’kidlandi. Bu esa muammolarning asosiy yechimiga asos bo‘lishi qayd etildi. Ma’ruza qiziqarli tarzda va savol javoblarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga ma’ruzachi to‘la va aniq javob berdi.
ETvaEJF kafedrasi O‘.Xaliqnazarov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov