"Gidromelioratsiya" fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” yo‘nalishi 2-kurs 202-guruh talabalari guruh murabbiysi “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Adham Mamataliyev rahbarligida Toshkent shahrining markaziy qismida Sharof Rashidov haykali o‘rnatilgan yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi. Bu ziyorat “6 noyabr - atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidovning tavallud kuni” munosabati bilan amalga oshirildi.
Dotsent A.B. Mamataliyev talabalarga xalqimizning buyuk farzandi Sharof Rashidovning hayoti va ijodi to‘g‘risida ma’lumot berarkan, uning respublikani juda murakkab va og‘ir yillarda boshqarib, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyot va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi ekanligi borasida so‘z yuritdi. O‘tgan yili uning yorqin xotirasini ulug‘lab 100 ylligi mamlakat miqyosida keng nishonlanganligi ham eslatib o‘tdi.
Muhtaram Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda “Har qanday murakkab sharoitda ham el-yurtimiz manfaatini o‘ylab yashagan Sharof Rashidovning buyuk xizmatlari xalqimiz xotirasida abadiy saqlanib qoladi”.
Bu tashrifdan talabalar katta taassurotlar bilan qaytdilar. Bu taassurotlar esa talabalarning ajdodlar xotirasiga hurmat, Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini jo‘sh urdirsa ajab emas.
Dotsent Adham Mamataliyev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov