Baxtimiz qomusi

Joriy yilning dekabr oyi ma’naviyat va ma’rifat oyligi munosabati bilan 6 dekabr kuni KXM fakulteti rahbariyati tashabbusi bilan talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” deb nomlangan munozara-suhbat bo‘lib o‘tdi. Munozara-suhbatda fakultet dekani Q.Shavazov talaba-yoshlarni Konstitutsiya kuni hamda Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan qutladi. So‘ngra mavzu yuzasidan so‘z institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov Konstitutsiyaning tarixi, mohiyati haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar berdi hamda bugungi kunda ro‘y berayotgan islohotlar, saylovoldi jarayonlari, talaba-yoshlarning bu hodisaga bo‘lgan munosabati haqida da’vatkorona nutq so‘zladi. Konstitutsiyamiz bilan bog‘liq bo‘lgan va erishilgan yutuqlarimiz haqida ham ijobiy fikrlarni aytib talabalarning savollariga mufassal javob berdi. Bu tadbirga yaqindan yordam bergan fakultet raxbariyatiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

QXM yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari  H.Boymatov axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov