“Qishloq va suv xo‘jaligini energiya ta’minoti” fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi munosabati bilan Konstitutsiya o‘tkazish oyligida “Konstitutsiya - baxtimiz qomusi” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ichki ishlar vazirligi “Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi” boshlig‘i t.f.d polkovnik Axmedov Olimjon Tursunboevich, k.f.n. Y.Sh.Eshmirzaev, S.S.Qodirov va QSXET fakulteti dekani A.J.Isaqov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini A.N. Botirovlar ishtirok etishdi. Tadbirda so‘zga chiqqan t.f.d polkovnik Axmedov Olimjon Tursunboyevich talabalarga O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan, eng avvalo, Konstitutsiya O‘zbekistonning ozodligining shahodati sifatida qadrli ekanligi. Bu yil asosiy qomusimiz qabul qilinganiga 27 yil to‘ldi. Konstitutsiya lotincha so‘z bo‘lib “o‘rnataman”, “belgilab qo‘yaman” –degan mazmunni ifodaetadi. Bu qomusiy hujjatning xalqchilligi shundaki, unda milliy urf-odatlar, an’analar, e’tiqod, umuman milliy qadriyatlar himoyasi va ravnaqi aniq belgilab qo‘yilganligini ta’kidlab o‘tdi. Talabalar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.
"Qishloq va suv xo‘jaligini energiya ta’minoti" fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Abror Botirov
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov