“Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi assistenti D.Sh.Allayorov boshchiligida «Gidromelioratsiya» fakultetining “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 101-guruhi talabalari shahrimizning “Expo-centr” ko‘rgazmalar pavilionida bo‘lib o‘tgan “Tashkent Book Fest – 2019” xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar ko‘rgazmaga qo‘yilgan turli davlatlarning buyuk va boy madaniy merosini va tarixini o‘zida mujassam qilgan adabiyot durdonalari bilan tanishishdi.
“Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi mudiri A.Arifjanov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov