Institutimiz talabalarini kelajakda o'z yo'nalishilari bo'yicha yetuk kadr bo'lib chiqishiga ishlab chiqarish bilan hamkorlikning bugungi kunda ahamiyati juda kattadir. Shu munosabat bilan shu yilning 6 - dekabr kuni "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti "Geodeziya va geoinformatika" kafedrasi o'qituvchilari va O'zbek Davlat yer tuzish va ilmiy loyihalash instituti bilan hamkorlikda muammoli "Yer kadastrini yuritishda dasturiy ta'minotni ahamiyati" mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda yuqoridagi tashkilot xodimlari fakultetimiz 3 va 4 kurs talabalari ishtiroq etishdi. Talabalar bu seminar-treningda o'zlari qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi o'qituvchisi O'tkir Islomov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov