Prezidentimiz aytganidek, "Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyasiga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan masala hisoblanadi" deb yoshlarimizga qarata aytgan so'zlari har bir yosh avlodni qalbiga g'urur va kuch-quvat bag'ishlaydi. Shu munosabat bilan 2020 - yil 6 - yanvar kuni "Yer resurslarini boshqarish" fakultetida doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning 2019 - yilda bajarilgan ilmiy tadqiqot faoliyatlari bo'yicha hisobotlari fakultet kengashida ko'rib chiqildi. Unda fakultet dekani Sh. Narbayev va professor-o'qituvchilari qatnashishdi. Fakultet kengashida barcha doktorant va mustaqil izlanuvchilarning hisobotlari tinglanilib, kerakli maslahat berilib yoshlarga fakultet kengashi a'zolari tomonidan 2020 - yildagi yo'l xaritasi ham tasdiqlandi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov