TIQXMMI professori M.Mirsaidov 2 may 2019 yilda Buxoro viloyati Kogon tumanining barcha (ya’ni, 1 dan 19 gacha bo‘lgan) maktablarning iqtidorli o‘quvchilari bilan 5-maktab binosida uchrashib, qizg‘in suhbatlar o‘tkazdi. Bu uchrashuvda M.Mirsaidov O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati haqida va Prezidentimizning yoshlarga bo‘lgan e’tibori, ularga yaratilayotgan sharoitlar to‘g‘risida gapirdi. Ularni kelajakda ilm-fanning yuqori cho‘qqilarini egallab, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishga chaqirdi. M.Mirsaidov fan olimpiadasi qatnashchilari va a’lo baholarga o‘qiyotgan o‘quvchilarga o‘zbek klassik yozuvchi, shoirlarining qator kitoblarini sovg‘a qildilar.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov