Institut rektorining 2018-yil 7-iyundagi "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hamda Beruniy, Navoiy va Islom Karimov Davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash to'g'risida"gi 432-A/F-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida 2018-yil 14-iyundan fanlardan imtihonlar boshlandi. 14-iyun kuni B bino 305-xonada 31 nafar da'vogar talabalar Ingliz tili fanidan imtihon topshirishdi. Imtihon nizom talablariga asosan Komissiya a'zolari ishtirokida ochiqlik, oshkoralik prinsipini o'ziga qamrab olgan holda tizimli tashkil etildi. Keyingi imtihonlar 18-iyun kuni Bk-01 kompyuter xonasida "Informatika va axborot texnologiyalari" fanidan o'tkaziladi. Faol bo'ling, aziz talabalar, imkoniyatni qo'ldan boy bermang!
Institut yoshlar ittifoqi "Yoshlar media klubi" rahbari Ulug'bek Manzirboyev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov