Fakultet dekani
Norov Begmat Xolmatovich
texnika fanlari nomzodi, dotsent
Qabul kunlari: Chorshanba: 10:00-13:00
Tel.: (+99871)237-02-90
E-mail: b.norov@tiiame.uz
E-mail: www.mhw.tiiame.uz
Fakultet haqida
«Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash» fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi PQ-3003-sonli qarorida tasdiqlangan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tarkibiy tuzilmasiga asosan sobiq “Suv xo‘jaligini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash” fakulteti negizida tashkil etildi. “Qurilish ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash dastlab 1946 yilda “Gidromelioratsiya” fakulteti tarkibida boshlangan. 1950 yili «Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash» fakulteti, 1991 yildan “Irrigatsiya injenerlari tayyorlash o‘quv-ilmiy markazi” tashkil etilgan. 1996 yildan Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar “Gidromelioratsiya” fakultetida, 2001-2004 yillarda esa «Irrigatsiya va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash» fakultetida va 2004-2017 yillar «Suv xo‘jaligini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash» fakultetida tayyorlangan. Bugungi kunda fakultetda 2 ta mutaxassis chiqaruvchi, 1 ta umumtexnik fanlar va 1 ta ijtimoiy fanlar kafedralari mavjud bo‘lib, suv xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida raqobatbardosh kadrlar tayyorlab kelmoqda. Fakultet jamoasi qishloq va suv xo‘jaligida zamonaviy, resurstejamkor texnologiyalar ishlab chiqish, mashina va mexanizmlarni keng qo‘llash va joriy etish, gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalashtirish sohasida mashina va mexanizmlarni texnik darajasini oshirish, ularni takomillashtirish, foydalanish, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash texnologik jarayonlarini modernizatsiyalash yo‘nalishida ilmiy – tadqiqot ishlari olib bormoqda.