Jamoa bilan qilingan ishlar va ko‘rilgan chora hamda rejalar hamisha xayrlikdir. Hashar ham ana shu ehtiyojning hosilasi. Tozalik el-u yurtga ovozalik bo‘lishi ham savob, ham xayrlik ishdir.
“Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi” kafedrasi tomonidan “Ekologiya kuni” hashari tashkil etildi. Unda “Gidromelioratsiya” fakultetining SX va M yo‘nalishi 212 “b” guruhi murabbiysi D.R.Madazizova va SX va M KT yo‘nalishi 316 - guruhi murabbiysi Sh.A.Raupovalar ishtirok etib, hasharni uyushqoqlik bilan o‘tishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi.
Kafedra mudiri Z.K.Ismailova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov