12-13 aprel kunlari TIQXMMIda «Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari» mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” bo‘yicha 4-sho‘ba o‘z ishini davom ettirdi. Sho‘bada bir qancha ilmiy maqolalar ko‘rildi. Bular orasida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 4 - bosqich 405 - guruh talabasi Eshbo‘taev Aslomjon “Qishloq xo‘jalik mashinalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.A.Isakov rahbarligida “Yong‘oq chaqish qurilmasi sxemasini ishlab chiqish” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi va institut rektorining faxriy yorlig‘i hamda qimmatbaho sovg‘asini qo‘lga kiritdi.
Ushbu rag‘batdan so‘ng Eshbo‘taev Aslomjon ilmiy ishda yanada ildamroq harakat qilib O‘zbekiston Respublikasiga yangi g‘oyalari bilan o‘z hissasini qo‘shishini bildirdi.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekan muovini Ikrom Raximov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.