O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 avgustdagi 666-sonli Farmoyishiga muvofiq joriy yilning 3-5 oktyabr kunlari “Ipak yo‘lida turizm” 24-Toshkent xalqaro turistik ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan 2018 yil 5 oktyabr kuni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talabalari darsdan bo‘sh vaqtlarida guruh murabbiylari hamrohligida O‘zekspomarkaz”ga tashrif buyurishdi. Ko‘rgazma davomida talabalar bugungi kunda fan-texnika yutuqlari, san’at va madaniyat sohalariga oid ko‘rgazmalar bilan tanishdilar.
“SXTEvaB” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev axboroti
Institut matbuot kotibi Raximboy Jumaniyozov