2018 - yil 29 - sentyabr kuni «Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakultetiga qarashli V-bino 502-xonada fakultet dekani A.Isaqov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Sh. Berdiev va institut “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti faoli A.Mutalov hamda fakultetda tahsil olayotgan akademik guruhlar “Yoshlar ittifoqi” yetakchilari va talaba yoshlarning 56 nafari ishtirokida «Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakultetining Yoshlar kengashi hisobot-saylovi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda fakultet dekani A.Isaqov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 5 - iyulda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni va 2017 - yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori mazmun - mohiyati, shuningdek, o‘tgan o‘quv yilida fakultetda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Yig‘ilishda shuningdek, institut “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti faollari A. Mutalov fakultet yetakchiligi vazifasini bajarish uchun 3 nafar nomzodlar ro‘yxatini o‘qib eshittirib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. Shundan so‘ng nomzodlarga ochiq ovoz berishlarini ta’kidlab o‘tdi. Nomzodlar o‘z saylovoldi dasturlari bilan yig‘ilganlarni tanishtirib o‘tishdi. Saylov natijasiga ko‘ra, 2-kurs talabasi Muzaffar Lutfillaev fakultet “Yoshlar ittifoqi” yetakchisi etib saylandi. Tegishli bayonnomalar to‘ldirildi va institut yoshlar ittifoqi BT Kengashiga taqdim etildi.
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Sh.Berdiev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov