Bo‘limning asosiy vazifasi:
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiliga oid Qaror, Farmon, Qonunlarni bibliografik tavsifini yaratib, elektron katalogini shakllantiradi;
- TIQXMMI to‘g‘risida chop etilgan maqolalar bilan elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirib boradi;
- professor-o‘qituvchilar, magistrlar ehtiyoji bo‘yicha turli mavzulardagi bibliografik so‘roqlar bo‘yicha mavzuga doir og‘zaki va yozma ma’lumotlar beradi;
- foydalanuvchilarga taqdim qilinadigan bibliografik axborot sifatini oshirib boradi;
- aniq mavzular bo‘yicha adabiyotlar yig‘ib berish va foydalanuvchilar talablariga ko‘ra adabiyotlarning bibliografik ro‘yxatini tuzib beradi;
- mahalliy davriy nashrlardan o‘zbek va rus tillaridagi 21 nomdagi gazeta va 35 nomdagi jurnallarni qabul qilib, ularga texnik ishlov beradi;
- elektron kartochkadagi jurnal mundarijasi to‘ldirilib, skaner orqali jurnallarni to‘liq matni yaratiladi va bazaga hujjatlarni ulaydi.
ISH VAQTI:
Dushanba-juma 8:30 dan 16:30 gacha,
Shanba 8:30 dan 13:30 gacha.