1. Kirish sinovlari Oliy ta’lim muassasi rektori tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiya a’zolari ishtirokida o‘tkaziladi.
2. Kirish sinovlari yozma javoblari uchun bir akademik soat vaqt ajratiladi va belgilangan vaqtda tegishli xonalarda o‘tkaziladi.
3. Variantlardagi savollar mutaxassislikning maxsus fanlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tegishli bakalavriat yo‘nalishi uchun tasdiqlangan Dastur asosida tuziladi.
4. Yozma javoblardan keyin komissiya a’zolari abiturent bilan suhbat o‘tkazadi.
5. Mutaxassislikning maxsus fanlari bo‘yicha sinov natijalari 0 balldan 100 ballgacha bo‘lgan ballar oralig‘ida baholanadi.
Yozma javoblarning 1, 2 va 3 savollari uchun maksimal 25 ball, 4-savol uchun 15 ball, chop etilgan ishlar uchun 10 ball, jami: 100 ball oralig‘ida baholanadi.
6. Variantlardagi mutaxassislik fanlari bo‘yicha xar bir savolga berilgan javoblarni baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
6.1. Savollarga berilgan javob to‘liq bo‘lib, qo‘yilgan masalani mohiyati va mazmuni yetarlicha ochilgan, masalani yechishga ijodiy yondoshilgan, yetarlicha xulosalar chiqarilgan va asoslangan faktlarga to‘g‘ri va aniq baho berilgan, mantiqiy ketma-ketlikka amal qilingan bo‘lsa (agar variantda misol va masala berilgan bo‘lib, misol va masala izohli va mutloqo to‘g‘ri yechilgan va mavjud nazariy qonun-qoidalarga to‘liq amal qilingan bo‘lsa) bunday javobga 20-25 oralig‘ida ball qo‘yiladi;
6.2. Agar savolga javob berilgan bo‘lib, masalaning mazmuni va mohiyati ochilgan va unga ijodiy yondoshilgan, mustaqil fikrlash va xulosalarni asoslay olish qobilyati namoyon qilingan, faktlarga to‘g‘ri baho berilgan, mantiqiy ketma ketlikka amal qilingan bo‘lsa (agar variantda misol va masala berilgan bo‘lib, misol va masala izohli va mutloqo to‘g‘ri yechilgan va mavjud nazariy qonun-qoidalarga to‘liq amal qilingan bo‘lsa), u holda bunday javobga yaxlitlab 15-20 oralig‘ida ball qo‘yiladi;
6.3. Agar savolga javoblar keltirilgan bo‘lsada, qo‘yilgan masalaning mohiyatini ochishga harakat qilingan, ba’zi bir umumiy holatdagi xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan va mantiqiy ketma-ketlikka amal qilingan bo‘lsa (agar variantda misol yoki masalani yechishga harakat qilingan va yechishda mavjud nazariy qonun-qoidalarga qisman amal qilingan bo‘lsa) u holda bunday javobga yaxlitlab 10-15 oralig‘ida ball qo‘yiladi;
6.4. Agar savolning javobida umumiy tushunchalar keltirilib, masalaning mazmuni va mohiyati ochilmagan, asosiy xulosalar qilinmagan, masalani hal qilishga ijodiy yondoshilmagan, mulohaza yuritishda qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan (agar variantda misol yoki masala berilgan bo‘lib, misol yoki masalani yechishga harakat qilinmagan yoki biron bir nazariy xulosalar yoki formulalar keltirilmagan bo‘lsa), bunday javobga yaxlitlab 0-10 ball qo‘yiladi.