Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) vakillari Berlin texnika universitetida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ Oliy ta’lim muassasalarida salohiyatni oshirish (Capacity Building in the Field of Higher Education) dasturi bo‘yicha "NICoPA": Aniq (koordinatali) raqamli qishloq xo‘jaligi uchun yangi va innovatsion kurslar” loyihasining dastlabki yig‘ilishida ishtirok etishdi.
Loyihada Yevropaning nufuzli universitetlari bilan birgalikda O‘zbekistondan uchta oliy ta’lim muassasalari Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qatnashmoqda. Shuningdek, ushbu tadbirda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixona vakillari ham faol ishtirok etishdi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti ushbu loyiha doirasida raqamli qishloq xo‘jaligi uchun yangi innovatsion yo‘nalishlarni ochish unga yuqori aniqlikdagi zamonaviy fanlar, ya’ni Masofadan zondlash, texnologiyalari, Smart qishloq xo‘jaligi kabi fanlarning moodle lari hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini yaratish vazifasi belgilandi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida, TIQXMMI va Germaniyaning fazoviy-kosmik ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha eng nufuzli kompaniyalaridan biri Engineering Consulting and Management for Space Technologies GmbH kompaniyasi bilan hamkorlik bitimini imzoladi.
Ushbu Bitimni imzolashdan asosiy maqsad, o‘quv jarayoniga kiritiladigan yuqoridagi Masofadan zondlash, GIS texnologiyalari, Smart qishloq xo‘jaligi kabi fanlar mazmunini O‘zbekiston hududiga oid fazoviy ma’lumotlar bilan to‘ldirishga qaratilgan.
Bundan tashqari loyiha doirasida fazoviy ma’lumotlar yig‘uvchi uskunalarni xarid qilish ham rejalashtirilgan. Ushbu priborlar yordamida institutning o‘quv tajriba maydonlarida laboratoriya mashg‘ulotlari va tadqiqot ishlarini o‘tkazish, tuproq strukturasini chuqur tahlil qilish, tuproqning meliorativ holatini aniqlash, uning sho‘rlanish darajasi yoki eroziyaga chalinganlik holatini yuqori aniqlikda tahlil qilish imkoniyatiga erishildi.
Расмий телеграм канал:@ilovetiiame
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov