23 fevral 2018 yil 4 juftlikda institutimizning G o‘quv binosi 101 auditoriyasida “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi assistenti Do‘stnazarova Sanobar Ataullaevna 3 kurs 3 guruh talabalariga “Fermer xo‘jaligining mavjud yer zahiralari, uni loyiha asosida qayta hisoblash” mavzusida Ochiq dars taqdim etdi. Ochiq ma’ruzada O‘quv metodika boshqarmasi xodimlari Akmal Durmanov, Maftuna Tosheva hamda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Ochiq dars avvalida o‘qituvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2017 yil 9 - dekabr Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi nutqi haqida so‘z yuritdi: “Hozirgi kunda agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini tahlil qilish va kelgusi yil uchun eng muhim chora-tadbirlarni belgilab olish dolzarb vazifa hisoblanadi.
Fermerlik harakatini rivojlantirish natijasida mamlakatimizda keyingi yillarda 160 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari shakllanib, ular bugungi kunda 10 dan ortiq yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda 96 ming gektar hosildorligi past maydonlarda paxta va g‘alla o‘rniga 32 ming gektar yerda karam, turli sabzavot va ko‘katlar ekildi va bu maydonlardan olingan minglab tonna mahsulotlar eksport qilindi. Shuningdek, 11 ming gektarda intensiv bog‘ va yangi tokzorlar, 1 ming 500 gektarda issiqxonalar barpo etildi. Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini suv bilan kafolatli ta’minlash maqsadida har yili davlat byudjetidan 2 trillion so‘mdan ortiq, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun 400 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilmoqda.
Hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta yetishtiradigan fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat byudjetidan mablag‘ ajratish hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Agar 2008-yilda ushbu maqsadlar uchun 80 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 300 milliard so‘mni tashkil etdi”.
O‘qituvchi dars mobaynida har bir talabaga alohida tarqatma materiallar berib, fermer xo‘jaligidagi yer fondini qayta o‘zlashtirib chiqishni yukladi, talabalar o‘qituvchi yordamida asosiy yer miqdoridan yaroqli ekin ekiladigan yerni ajratib olishdi.
O‘quv metodika boshqarmasi xodimasi Maftuna Tosheva axboroti
Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov