Xotira mangulik muhridir

Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira - kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi - muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr - insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad- maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.

Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash - odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.

Xalqimiz azaldan o‘lkamizni bosqinchilardan himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va daxlsizligi uchun kurashgan qahramonlarini e’zozlab kelmoqda. Shu o‘rinda Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tomonidan 9-may - xotira va qadrlash munosabati bilan "Lashkarbegi" mahallasida istiqomat qiladigan, A.Artikbaev va e.Musinlarning holidan xabar olindi. Shu bilan birga TIQXMMI rektori, Toshkent shahar kengashi deputati Umurzakov O‘ktam Pardaevich tashabbusi bilan g‘alabaning 75 yilligi munosabati yuzasidan urush va mehnat faxriylariga "Gidromelioratsiya" fakulteti rahbariyati va bir guruh professor-o‘qituvchilar tomonidan sovg‘alar yetkazildi. Urush faxriylari Institut tomonidan ko‘rsatilgan bunday e’tibordan xursand bo‘lib o‘z minnatdorchiligini izhor etishdi.

Xotira bor ekan, tirikdir millat,
Tirikdir iftixor, tirikdir g‘urur.
Xotira - elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira - ertani yoritguvchi nur.

Orifjon Habibullaev “Gidromelioratsiya” fakultetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

TIQXMMI matbuot xizmati