2018 yil 6 aprel kuni soat 13:00 da “Iqtisodiyot va menejment” fakulteti B-106 o‘quv auditoriyasida “Buhgalteriya hisobi va audit”, “Iqtisodiyot”, “Menejment” ta’lim yo‘nalishlari 4-kurs talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasi ma’muriy amaliyot bo‘limi Davlat soliq bosh inspektori Turg‘unov Baxtiyor Abdusalomovich ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida soliq huquqbuzarliklari masalalari” mavzusida muammoli seminar o‘tkazildi. Seminarda “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri va professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi. Muammoli ma’ruza davomida soliqqa oid huquqbuzarliklar, ularning oqibatlari, jarima va sanksiyalarning belgilanish tartibi hamda soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar haqida bitiruvchi talabalarga ma’lumotlar berildi. Seminar qizg‘in savol-javoblar tarzida bo‘lib o‘tdi.
“I va M” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev