Motivatsion trening munozaralari davom etmoqda

2020 yil 20 may kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institui “Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi” kafedrasi assistenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Durdona Asilovna Mustafoeva tomonidan kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Pedagogika. Psixologiya” fani doirasida Zoom onlayn platformasi orqali BXA 2/4 gurux talabalari uchun “Motivatsiya shaxs kamolining muxim omili” mavzusida munozarali trening mashg‘uloti tashkil etildi.

Munozarali trening mashg‘ulotida talabalar bilan bir qatorda, kafedra professor-o‘qituvchilar va doktorantlar ham shuningdek o‘z tajribalaridan kelib chiqib, yosh avlodga motivatsion tarbiyaviy misollar bilan mavzuni jonli tarzda o‘tkazilishida ishtirok etdilar. Talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Guruh sardori Musaev Sidiqjon va Durdona Sanaevalar qiziqarli savollari va o‘zlarining kreativ javoblari bilan treningda jonbozlik ko‘rsattilar. Ushbu motivatsion munozarali trening talabalarni kelajakdagi turli jabxalarda o‘z o‘rnilarini egallashlarida katta tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladi deb o‘ylaymiz.