Gidroponika nima?

2018 yil 19 aprel kuni Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida “Gidromelioratsiya” fakulteti, “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari dots. Baxtiyar Matyakubov, dots. Atxam Mamataliev, ass. Ilxom Urazbayev tomonidan “Gidroponika” mavzusida davra suhbati o‘tkazishdi.

Tadbir  mavzusining asosiy maqsadini yoritib berish uchun dastlab dots. Atxam Mamataliev kirish so‘zlari bilan talabalar diqqatini jalb qilib oldi. So'ngra Gidroponika to‘g‘risida taqdimot talabalar e’tiboriga havola qilindi va  video rolik namoyish etildi.

Berilgan ma’lumot talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga dots. Baxtiyar Matyakubov, dots. Atxam Mamataliyev, ass. Ilxom Urazbayevlar tomonidan yetarlicha javob berildi.

Tadbirda TIQXMMI Buxoro filiali Dilmurod Nurov va Andijon qishloq xo‘jaligi institutidan Raxmatjon Qodirov hamda tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotovlar ishtirok etishdi.

Tadbir juda savol-javoblarga boy qiziqarli darajada o'tkazildi.

 

 

4 - TTJ tarbiyachi-pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti,
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.